logo

«O`z-DONG YANG Kompani» MChJ

Gafurov Azamat Abdukahhorovich

Manzil: Andijon shahri, 170111, Industrial 4

Telefon: (374) 226-89-89; Fax: (71) 150-42-42 

Veb-sayt: uzdy.uz 

E-mail: uzdy@uzdy.uz

Korxona ustavi.pdf(1.09 MB)

"O'z-Dong Yang Ko" O'zbekiston-Koreya qo'shma korxonasini tashkil etish to'g'risida

 

Bugungi kunda “GM Uzbekistan” AJ o`zi ishlab chiqargan avtomobillarining interyerini jihozlash vazifasini “O`z-DONG YANG Kompani” MCHJ QKga ishonib topshirgan. “O`z-DONG YANG Kompani” o`zbek-koreys MCHJ  qo`shma korxonasi 1996-yilda tashkil topdi. Bugungi kunda korxona Asakadagi avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan “Nexia”, “Matiz”, “Spark”, “Cobalt” va “Jentra”  rusumidagi avtomobillar va Horazm avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan “Damas” rusumidagi avtomobili uchun ichki qoplama butlovchi qismlarini ishlab chiqaradi. Eshik qoplamalari, shift panellari, gilamchalar va pol to`shamlari korxonaning asosiy mahsuloti ro`yxatiga kiradi.

Korxonada ishchilarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shu asnoda korxona xodimlari Janubiy Koreyada malaka oshirish amaliyotlarini o`tab kelmoqdalar.

Bu yerda ishlab chiqarilgan (yer to’shamcha) gilamlar eng nozik didli xaridorning ham talablariga javob berishi tayin. Chunki avtomobil saloniga o’tirgan har bir odam ishlab chiqaruvchi o`z mahsuotiga chin dildan yondashganini his etadi.

Korxona mahsuloti - Avtomobil salonining ichki bezak qismilari.

tepaga