logo

«UzEraeCable» MCHJ QK

Umarov Sherzod Hazratqulovich

Manzil: Navoiy viloyati, 130099, Karmana tumani, "Navoi" EIIZ С-3

Telefon: (79) 220-07-00

Veb-sayt: uzeraecable.uz

E-mail: info@uzeraecable.uz

Korxona ustavi.pdf (4 MB)


“UzEraeCable” QK MCHJ “Uzavtosanoat” AK (O’zbekiston) va Erae cs ltd. (Janubiy Korea) hamkorligida barpo etilgan qo’shma korxona bo’lib, ishlab chiqarish faoliyatini 2010 yil avgust oyida boshladi. Korxona asosan import o’rnini bosuvchi avtomobil simlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bolib, yillik ishlab chiqarish quvvati 130 ming kilometrni tashkil etadi.

Korxona barpo etilgan vaqtda Nexia, Damas, Matis, Lacetti avtomobillari uchun 19 turdagi simlarni ishlab chiqarishni boshlagan bo’lsa, Cobalt va Spark avtomobillari ishlab chiqarilishi munosabati bilan 2012 yilda qo’shimcha, yana 15 turdagi avtomobil simlari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Xozirgi kunda esa 40 dan ortiq turdagi avtomobil simlari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek 2012 yildan boshlab akkumulyator yigma simlari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yildi.

Ishlab chiqarilayotgan maxsulotning xom-ashyosi mis katankasi va polivinilxlorid bo’lib, mis katankasi ichki bozordan xarid qilinishi va bu xom-ashyo maxsulotning asosiy tashkil etuvchisi bo’lganligi boyis, korxonaning lokalizatsiya darajasi ham ancha yuqori, ya’ni 93 poizni tashkil etadi.

Korxona o’z mijozlari talablaridan kelib chiqib, ISO 9001 va ISO/TS 16949 xalqaro standartlarni ish jarayoniga tadbiq etgan va sertifikatlariga ega.

 Korxonaning yana bir yutug’i bu ISO 17025 talablari asosida akkreditaciyadan o’tgan laboratoriyasi bo’lib, laboratoriya 23 turdagi dastgohlarga ega va avtomobilsozlida ishlatiladigan simlarda ISO 6722 xalqaro standarti asosida barcha sinovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Shuni takidlashjoizki, yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda korxonaning 100 nafarga yaqin mutaxasislari astoydil faoliyat yuritmoqdalar.

 

Korxona mahsuloti - Avtomobillar uchun elektr o‘tkazuvchi simlar.

tepaga