logo

“O`zErae Climat Control” MCHJ QK

Axmedov Nodirjon Raxmatovich

Manzil: Andijon shahri, 170017, Bobur shoh ko’chasi, 73a

Telefon: (74) 296-00-49

Veb-sayt: uzcc.uz 

E-mail: info@uzcc.uz

Korxona ustavi.pdf(2.39 MB)

“O`zErae Climat Control” QK tashkil etish to'g'risida

 

Andijon shahrida joylashgan Ma’suliyati Cheklangan Jamiat shaklidagi  «O`zERAE Climate Control» Qo’shma Korxonasi, Janubiy Koreyaning «ERAE CS Ltd.,» korxonasi, «O’ZAVTOSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasi va ma’suliyati cheklangan jamiat «Avtosanoat invest»  o'rtalarida imzolangan kelishuvdan so'ng 2010 yil sentabr oyida tashkil etilgan va 2012 yil may oyidan rasman o'z faoliyatini boshladi.

Qo'shma korxona «GM UZBEKISTAN» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan LacettiCobalt, Spark va Matiz (kelgusida AVEO) rusumli zamonaviy avtomobillarini radiatorlari, shamollatish, havoni tozalash va isitish uskunalarini bilan ta'minlab berish uchun tashkil etilgan. Ushbu tashabbus orqali avtomobil detallari import xajmini qisqartirish va bu bilan davlat valyuta zahirasini tejab qolish, shuningdek yangi ishchi o'rinlarini yaratishga mo'ljallangan. Qo'shma korxonada asosan avtomobilning sovutish va isitish tizimi ishlab chiqariladi.

2013 yildan boshlab qo'shma korxonada ISO/TS 16949:2009 hamda ISO 9001:2008 xalqaro standartiga muvofiqlik sifat tizimi yo'lga qo'yilagan. Ushbu tizimni boshqarishni yo'lga qo'yilganidan so'ng, korxonada ko'ptarmoqli sifat tekshirish tizimi, hom-ashyo sifatini, uni kirib kelishidan tortib to korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor maxsulotgacha bo'lgan davrni nazoratini kuchaytirish imkoniyatini berdi.

Qo'shma korxonada hozirgi vaqtda 200 dan ortiq malakali ishchi-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda va hozirda yiliga 500 ming dona avtomobil isitish va sovutish qismlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

MChJ «O’zERAE Climate Control» QK da ishlab chiqarilgan mahsulotlar O'zbekiston Respublikasining asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchisi «GM-UZBEKISTAN» AJ avtomobil zavodiga, shuningdek Respublika hududidagi xizmat ko'rsatuvchi servislarga yetkazib berish bilan birga Rossiya va Qozog’iston kabi hamdo’stlik davlatlariga eksport qilinmoqda.

 

Korxona mahsuloti – Sovutish va isitish tizimlari, radiatorlar.

tepaga