logo

“UZ-KORAM KO” MChJ

Mamatkhonov Bakhtiyor Begijonovich

Manzil: Andijon shahri, 170111, Yangiqylanma ko`chasi, 1

Telefon: (74) 296-00-38, 296-00-39

Veb-sayt: uzkoram.uz 

E-mail: info@uzkoram.uz

Korxona ustavi.pdf(4 MB)

 

O'zbek-Koreya qo'shma korxonasiga 1995 yili asos solingan bo'lib, uning maqsadi O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan avtomobil sanoatiga plastmassadan iborat gabaritli butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirib berishdir. «Uz-Koram Ko.» qo'shma korxonasi«Uzavtosanoat» tarkibida bo'lib, unda Respublikamizdagi turli faoliyat turi va mulkchilik shaklidan iborat 70 dan ortiq avtomobil" tarmog'iga kiritilgan korxonalar mavjud. «Uzavtosanoat» Assosiasiyasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkiloti a'zosi hisoblanadi (OICA). Birinchi bosqich ishlab chiqarishi 1997 yilning may oyida ishga tushirilgan bo'lib, unda «Uz-Koram Ko.» qo'shma korxonasi «GM Uzbekistan» AJ avtomobil" zavodiga “Nexia”, “Tiko”, “Damas” modellariga bamperlar va “Tiko”, “Damas” modellariga instrumental panellar ishlab chiqarishni o'zlashtirib olganidan so'ng mahsulot ishlab chiqarishni boshladi. Mahsulot ikkita termoplastavtomatlarda (TPA) ishlab chiqarila boshlandi. Korxonaning ikkinchi bosqich rivochlanishi 2001 yilning noyabr oyiga to'g'ri kelib, yuqorida nomlari keltirilgan mahsulotlarni avtomobil ranglariga moslab bo'yab berish uchun Bo'yoqlash sexi ishga tushirildi va xuddi shu vaqtning o'zida bamperlar, instrumental panellar va “Matiz” avtomobili uchun eshik qoplamalarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. 2003 yildan 2009 yillargacha ishlab chiqarish 4 ta TPA ni ishga tushirish hisobiga kengaytirildi. Korxonaning keyingi bosqich rivojlanishi 2008 yili katta partiyadagi mahsulotni bo'yoqlash imkonini beruvchi yanada kattaroq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan ikkinchi Bo'yoqlash sexi ochildi. 2010 yili kengayuvchi polipropilendan zarba yutuvchi ("energopoglotitel") va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sex ishga tushirilib bu zamonaviy yuqori texnologiyali uskunani o'zlashtirib olishda salmoqli hissaga ega bo'ldi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro'yxati quyidagilardan iborat: «Nexia», «Matiz», «Damas», «Tiko», «Lasetti», «Spark», «Cobalt» uchun bamperlar,; «Nexia», «Matiz», «Damas», «Tiko» uchun instrumental panellar; «Matiz» uchun eshik qoplamalari; «Nexia», «Lasetti», «Spark», «Cobalt» uchun zarba yutkichlar. 1999 yildan boshlab korxona O'zbekiston Respublikasidan chetga chiqmagan holda faoliyat yurituvchi xizmat ko'rsatish korxonalarini (servisnye predpriyatiya) mahalliy mahsulot bilan ta'minlash uchun tashqi bozorga chiqdi. Korxona mahsulotining asosiy iste'molchisi bo'lib «GM Uzbekistan» AJ , «Uz Dong-YAng», «Avtotexxizmat» xizmat ko'rsatuvchi korxonasi, «GM Uzbekistan» AJ dillerlari, Rossiya Federasiyasi va «Uz-Koram Ko.» MChJ ning mahalliy dillerlari hisoblanadi. Korxona zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, xodimlar malakaviy o'qitilgan, ko'p sonli xodimlar esa Koreya Respublikasida amaliyot o'tab qaytgan. Korxona keyinchalik ishlab chiqarish hajmini oshirib, xom-ashyoni etkazib beruvchi ta'minotchilarni topish hisobiga mahsulot tannarxini kamaytirishni, turli xildagi o'qishlarni o'qitish orqali xodimlarni malakasini oshirishni, eksport dasturini yuritishni, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturini kengaytirishni va yangi turdagi mahsulot turlarini o'zlashtirishni rejalashtirgan. «Uz-Koram Ko.» MChJ o'z faoliyatini bir vaqtning o'zida atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatishni kamaytirib borish bilan shug'ullanmoqda. Bu ishlab chiqarishga eng yangi samarali va ekologik jihatdan xavfsiz bo'lgan texnologiyalarni kiritish, tabiatni muhofaza qiluvchi yangi ob'ektlarni qurish va foydalanishda yaroqsiz holga kelgan uskunalarni tugatish orqali erishilmoqda. «Uz-Koram Ko.» MChj mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, Andijon viloyati mehnatkashlarini turmush darachasini oshirish bo'yicha ijtimoiy siyosat yuritmoqda. «Uz-Koram Ko.»MChJ faoliyat dasturi uzoq yillarga mo'ljallangan. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi esa kuchli ishlab-chiqarish va malakali xodimlar hisobiga amalga oshmoqda.

Korxona mahsuloti - bamperlar, instrumental panellar va “Matiz” avtomobili uchun eshik qoplamalari.

tepaga