logo

“UZ-TONGXONG KO.” QK

Mamajonov Dilshod Gafurovich

Manzil: Andijon shahri, 171501, Sanoatchilar ko’chasi, 4A

Telefon: (74) 226-89-06

Veb-sayt: uzth.uz 

E-mail: info@uzth.uz

Avtomobillar uchun butlovchi o`rindiqlar ishlab chiqaradigan O'zbekiston - Koreya qo'shma korxonalari tashkil etish to'g'risida

 

«Uz-Tong Xong Ko» qo‘shma korxonasi 1995 yil 4 avgustda tashkil etilgan. Korxonaning ta'sischilari O‘zbekiston tomonidan «O‘zavtosanoat» AK - 50% va Koreya tomonidan - «KM&I» kompaniyasi-50%. 

«GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun o‘rindiqlar, Andijon shahrida joylashgan “Uz-Tong Xong Ko” qo‘shma korxonasining yig‘uv liniyasidan yetkaziladi. Ushbu korxona Maxalliylashtirish Dasturi doirasida birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan. Bu maxsulot xarakteri bilan izoxlanadi. Korxona tashkil etilishidan avval o‘rindiqlar Janubiy Koreyadan yetkazib berilar edi. Biroq bu katta 
hajmli va tashish uchun juda noqulay yuk, konteynerlarda ko‘p joy egallar edi, natijada sotib oluvchi “havo” uchun, haqiqiy mahsulot uchun to‘lanayotgan narx bilan deyarli bir xil narx to‘lar edi. Mazkur xolat, 1995 yilda Janubiy Koreyaning «Tong Xong Elektrik Ko.Ltd» - xozirgi paytda KM&I (Koryo Motors and Interior) kompaniyasi ishtirokida “Uz-Tong Xong Ko” qo‘shma korxonasini tashkil etilishiga asosiy turtki bo‘ldi. “Uz-Tong Xong Ko” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish faoliyati 1997 yil iyun oyidan boshlandi. O‘sha davrdan beri Asaka avtomobil zavodining Tico (xozirda ishlab chiqarish to‘xtatilgan) va xozirgi kungacha ishlab chiqarilayotgan Nexia, Damas, Matiz, Lacetti, Spark va Cobalt modellari yig‘uv liniyasiga qariyib 2 409 951 ming komplekt o‘rindiqlar ishlab chiqarilib, yetkazib berildi. 
 

Korxonada avtomobil o‘rindiqlari ishlab chiqarishning to‘liq sikli yo‘lga qo‘yilgan. Faoliyatning umumiy ko‘rinishlari - penopoliuretanni ko‘piklashtirish sexi, nuqtali payvandlash liniyasi va robotlashtirilgan liniyalar yordamida karbonat angidrid muhitida payvandlash, o‘rindiqlar uchun g‘ilof tikish, kompyuter sinovi yordamida o‘rinqlarni yig‘ish, hamda zamonaviy sifat nazorati tizimidan iborat.

Zamonaviy uskunalarda ko‘piklashtirilgan penopoliuretan, bir qator butlovchilar bilan “boyitilish” orqali, asta sekin o‘riniq shakliga kiradi. Butlovchi qismlar va materiallarning yarmidan ko‘p qismi respublikaning ichidagi korxonalar orqali yetkazib beriladi. Qoliplash qismlari «Uz-SeMyung Ko» QKdan, - bo‘yash materiallari «Uz-DongJuPeint Ko» QKdan olinadi, ayrim o‘rindiqlar uchun g‘iloflar «Uz-DongYang Ko» 
QKda ishlab chiqariladi. Mahalliy, respublika korxonalari o‘rindiqlar, hamda ularning  rezina, plastmassa va boshqa qismlarini qadoqlash uchun sellofan ishlab chiqarish bo‘yicha «Uz-Tong Xong Ko» QK buyurtmalarini bajaradilar. Maxalliylashtirish Dasturi doirasida «Uz-Tong Xong Ko» QK O‘zbekiston ichida faoliyat olib borayotgan 40 dan ziyod turli xil mulkiy shakldagi korxonalar bilan hamkorlik qiladi va mahsulotning tannarxini kamaytirish maqsadida doimiy ravishda yangi hamkorlar va muqobil yetkazib beruvchilarni izlash bilan shug‘ullanadi. 

Korxonada doimiy ravishda ishlab chiqarishni har tomonlama rivojlantirish va mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshiriladi. Bizning xorijlik hamkorlarimiz ko‘magida, bir necha yillar davomida mahsulotlarning quyidagi turlari o‘zlashtirilib, ishlab chiqarilmoqda: 

Basketbol, futbol, voleybol, tennis va boshqa turdagi to‘plar. Turli xildagi sport jihozlari (batutlar, tennis va badminton raketkalari, sport kedы va boshqalar) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Shuningdek, xalq iste'mol mollaridan - stollar, stullar, kreslo va 
boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

Yuqorida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar, o‘zining harakatlari orqali barchaga namuna bo‘layotgan va yangi cho‘qqilarni zabt etishga intilayotgan, korxonaning to‘g‘ri boshqaruvi va professional darajada jipslashgan kollektiv evaziga sodir bo‘lmoqda.

Korxona mahsuloti - Avtomobillar o‘rindiqlari.

tepaga