logo
Orqaga qaytish

14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni

13.01.2017

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarida turli tadbirlar va bayram kechalari tashkil etilmoqda. “O’zavtosanoat”  AK va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarda ham  mazkur sana munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirlarda yurtimiz sarhadlarini himoya qilish nafaqat soha xodimlari balki har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, o’sib kelayotgan yosh avlodni Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanmoqda. O’z o’rnida Vatanimiz himoyachilarini “O’zavtosanoat” AKning ko’p ming sonli jamoasi nomidan uchbu bayram bilan samimiy muborakbod etamiz. Zero, ular bor ekan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Bayramingiz muborak aziz askarlar!!!

                                                            “O’zavtosanoat” AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga