logo
Orqaga qaytish

XALQARO MUZEYLAR KUNI

18.05.2016

Xalqaro muzeylar kuni  dunyoning 143 mamlakatidagi  o‘ng minglab muzeylarda  nishonlanadigan an'anaviy bayramdir.   Bu yil ushbu bayram   yurtimizda ochilganiga hali ko‘p bo‘lmagan Toshkent politexnika muzeyida ham  keng nishonlandi.  Muzey xodimlari ushbu sana munosabati bilan  tashrif buyuruvchilarga  noodatiy  tuhfalar hozirlagan bo‘lib, ular  tadbir ishtirokchilarini befarq qoldirmadi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, muzeyning ikkinchi qavatidagi “Interfaol amaliyot” bo‘limi asosan fizika qonuniyatlarini o‘zida aks ettirgan eksponatlardan iborat bo‘lsa-da aynan 18 may kuni  ushbu bo‘lim  kimyo fanining turli ajoyibotlariga bag‘ishlandi. Tadbirga tashrif buyurganlar kimyoviy moddalar va ularning bir biri bilan reaksiyaga kirishuvi asosida ro‘y beradigan  o‘zgarishlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishdi.

                                                                       “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati  

Boshqa yangiliklar

tepaga