logo
Orqaga qaytish

2017 yilning yanvarida rossiyada RAVON R2 avtomobili eng ko‘p sotildi

20.02.2017

Rossiyalik tahlilchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, Ravon R2 o‘tgan yilning eng hamyonbop yangiligi sifatida e'tirof etilgan bo‘lsa, 2017 yilning yanvar oyida eng ko‘p sotildi.

Shuningdek, “Ravon” o‘zbek brendi Rossiya Federatsiyasidagi eng zo‘r avtomobillar top-reytingidan joy oldi. Reytingni tuzishda  avtomobillarning narxi, jihozlanishi, dinamik tavsifi, texnik xususiyatlari va sotilishiga asosiy e'tibor qaratilgan. 

Rossiyada kamsig‘imli avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj 2017 yilning  yanvar oyi yakunlariga ko‘ra  120% ga oshgan. Albatta  ko‘rsatkichning  birdan oshishiga qaramay  bozorda  kimsig‘imlim avtomobillarning ulushi  jami bo‘lib 0,42% ni tashkil etgan. O‘tgan oy davomida  308 ta kam sig‘imli avtomobil sotilgan.

Eng ommabop  rusum bu  mazkur segmentdagi sotuvlarning yarmini tashkil etuvchi   ixcham “Ravon R2” xetchbeki bo‘ldi. Ravon o‘z oldiga  har bir inson uchun  zamonaviy, sifatli  va texnologik jihatdan qulay  avtomobillar ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilgan.  

Bugungi kunda  Rossiya avtomobil bozorida “Ravon” kompaniyasining  to‘rtta rusumi- Matiz, Cobalt, Gentra, Nexia avtomobillari sotilmoqda.

 “O'zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga