logo

“AVTO-OLAM” JURNALI TAHRIRIYATI MCHJ

Akramov Jahongir Jalolidinovich

Manzil: Toshkent sh., 100007, Mirzo Ulug’bek t-n, Mirzo Ulugbek ko‘chasi, 30

Telefon: (71) 267-74-85; 267-74-84

Veb-sayt: avtoolam.uz

E-mail: avtoolam@mail.ru

Korxona ustavi.pdf(2,82 MB)


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 sentyabrdagi №304-sonli “Dilerlik tarmoqlarini yaratish to‘g‘risidagi” qaroriga binoan, 1997 yil fevralda tarmoqning maxsus jurnali “Avto-Olam” yaratildi. Jurnal tarmoq nashri hisoblanadi va uning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining avtomobilsozlik tarmog‘ini, “O‘zavtosanoat” AK tarkibiga kiradigan barcha korxonalarni, ichki va tashqi bozorlarning dilerlik korxonalarini axborot va ma'lumotlar bilan ta'minlashga ko‘maklashishdan iboratdir.

Avtomobillar dunyosi va dunyo avtomobillari to‘g‘risidagi ushbu mukammal jurnal transport vositalariga qiziquvchilar, har doim yangi ma'lumotlar qidiruvchi va avtomobilsozlik sohasida yangi tendensiyalar va fikrlar to‘g‘risida ko‘proq bilishni xohlovchi insonlar uchundir.

Jurnal quyidagilarga mo‘ljallangan:

• “O‘zavtosanoat” AK tarmoq korxonalari, ichki va tashqi bozorlardagi dilerlik korxonalari ish faoliyatlaridagi o‘zgarishlar va barcha voqea-hodisalar to‘g‘risida maqolalar bosib chiqish va axborot ko‘magi;

• Avtomobil bozorining professionallari, nafaqat eng muhim yangiliklar va yangi avtomobil rusumlari to‘g‘risida, balki avtomobilni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va bozorning ushbu segmentida aktiv ishtirok etuvchilarning tajribasiga tayanib ularni yechish mumkin bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar to‘g‘risida hikoya qiladi.

Bazaviy xarakteristikasi:

• Davriyligi: har oyda

• Adadi: 8 000 nusxa.

tepaga