logo
Orqaga qaytish

AVTOMOBILSOZLAR SOG’LOM TURMUSH TARZI TARAFDORI

10.02.2016

“O‘zavtosanoat” AK tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishchi - xodimlari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha spartakiadalar va Kubok musobaqalari an’anaviy tarzda tashkil  etilib  kelinadi. 14-yanvar-“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan kompaniya tizimidagi korxonalar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Vatan himoyachilari Kubogi”  Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yopiq sport majmuasida o’tkazildi. Final uchrashuvlarida “O‘zavtosanoat” AK  jamoasi bilan Ochiq turdagi  Toshkent viloyati hududiy aksiyadorlik jamiyati (TTAO)  o‘yinchilari  maydonda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

“Vatan himoyachilari” Kubogi musobaqalarining yakuniy natijalariga ko‘ra eng ko‘p ochko to‘plagan Ochiq turdagi Toshkent viloyati hududiy aksiyadorlik jamiyati  jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “O‘zavtosanoat” AK vakillari ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi. “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo’shma korxonasi  jamoasi esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Bahslardan so‘ng, tashkil etilgan taqdirlash marosimida nafaqat g‘olib jamoalar, balki mini-futbol bahslari davomida o‘zini ko‘rsata olgan mahoratli ishtirokchilar ham “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi hujumchi” kabi ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, ularga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

"O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga