logo
Orqaga qaytish

“AVTOOYNA” MCHJ DAN SIFATLI AVTOMOBIL OYNALARI

08.02.2016

Yurtimizda mahalliylashtirish Dasturi doirasida kem qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.  “O‘zavtosanoat” AK tizimida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining soni oshib borayotgani esa yurtimiz avtomobilsozlik sohasida bu borada olib borilayotgan ishlarning amaliy tasdig‘idir. Kompaniya tizimidagi asosiy ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo‘lgan” GM Uzbekistan” avtomobil zavodiga yengil avtomobillar uchun butlovchi qismlarning aksariyati bugun   yurtimizning turli viloyatlarida faoliyat yuritayotgan qo‘shma va mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berilmoqda.   O‘tgan 2015 yilda Farg‘onadagi “Avtooyna” MCHJ tomonidan “Nexia” avtomobili uchun 16 ming, “Lacetti” avtomobili uchun 38 ming, “Kobalt” avtomobili uchun 19 ming, “Spark” avtomobili uchun 25 ming  jamlamdan ortiq avtomobil oynalari yetkazib berilgan.  Shuningdek korxona “Xorazmavto” ishlab chiqarish korxonasiga ham “Damas” avtomobili uchun 26 mingdan ortiq oynalar jamlamini yetkazib berish bilan birga yurtimizdagi ikkilamchi bozorlarni sifatli avtomobil oynalari bilan ta'minlaydi.  

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati    

Boshqa yangiliklar

tepaga