logo

“AVTOOYNA” MCHJ

Atabaev Maxmud Alisherovich

Manzil: Farg’ona shahri,150100, Istiqlol ko’chasi, 1, 

Telefon: (73) 243-38-86 

Veb-sayt: avtooyna.uz 

E-mail: info@avtooyna.uz

Avtomobil oynasi ishlab chiqarishni tashkil etish to'g'risida

Korxona ustavi.pdf (1.94MB)


2004 yilning mart oyida Farg’ona shahridagi “Avtooyna” MCHJda avtomobil oynalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Korxona maxsulotlarining asosiy xaridori “GM O’zbekiston” AJ korxonasi va Xorazm viloyatidagi filiali bo’lib, bu korxonalarga Damas, Matiz, Nexia, Spark, Gentra, Cobalt kabi avtomobil oynalari yetkazib beriladi. Bundan tashqari korxonada “SamAvto” MCHJ va “ManAvto” MCHJ korxonalari ishlab chiqaradigan avtomobillarga xam avtooynalar ishlab chiqariladi.

Avtomobil oynalari ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo silliqlangan oynalar Rossiya Federatsiyasining “Saratovstroysteklo” va “Salavatsteklo” kompaniyalaridan keltiriladi.

Korxona akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasiga ega. 2012 yilda ISO/TS 16949:2009  xalqaro sifat sertifikatiga ega bo’ldi.

Zamonaviy uskunalar va Italiya, Shvetsariya va Finlandiyada malaka oshirib qaytgan yuqori malakali mutaxassislar chet elda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan raqobatlasha oladigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Korxonaning chet ellik xamkorlari: PILKINGTON kompaniyasi (Finlandiya), GLASSROBOTS kompaniyasi (Finlandiya), CUGHER kompaniyasi (Italiya), KERAGLASS kompaniyasi (Italiya), TRIULZI CESARI kompaniyasi (Italiya), ТЕКNА kompaniyasi (Italiya), MARIO ARGIRO kompaniyasi (Italiya), BYSTRONIC kompaniyasi (Shvetsariya), Uzavto Korea kompaniyasi (Koreya), Johnson Matthey kompaniyasi (Niderlandiya), Ferro kompaniyasi (Germaniya), Supercut Europe kompaniyasi (Germaniya), Ilmet kompaniyasi (Italiya), Ayrox kompaniyasi (Belgiya).

 

Korxona mahsuloti - Avtomobillar oynalari.

tepaga