logo
Orqaga qaytish

Aniq fanlar bilimdonlari Toshkent politexnika muzeyida

15.07.2016

1856 yilning 10 iyul sanasi zamonamizning eng sirli kashfiyotchilaridan biri Nikola Tesla tug‘ilgan kun sifatida nishonlanadi. Amerkalik muhandis Nikola Tesla tavalludining 160 yilligi munosabati bilan  yaqinda Toshkent politexnika muzeyida tashkil etilgan ilmiy-ko‘ngilochar tadbirda aniq fanlarga mehr qo‘ygan yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda  buyuk olim tomonidan  yaratilgan olis masofalarga simsiz  elektr energiyasini uzatish  imkoniyatiga ega bo‘lgan “ rezonans-transformator” kabi qurilmalar va ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, buyuk  olim  bir umr yechimi qiyin bo‘lgan muammolarning tub ildizini topish uchun izlanishlar olib borgan. Tadbir so‘ngida  namoyish etilgan  sahna ko‘rinishlari esa bolajonlarga  buyuk olimning ilmiy kashfiyotlari siru-sinoatga to‘la hayot yo‘li haqida keng ma'lumot olishlariga imkon berdi.

                                                                                  “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga