logo
Orqaga qaytish

Ashxobodda Ravon avtomobillari taqdimoti o‘tkazildi

24.02.2017

Turkmanistonda yangi “Ravon” brendiga mansub avtomobillar taqdimoti o‘tkazildi. Unda ta'kidlanganidek, dunyo standartlari va  ekologik  talablarga  javob beradigan darajada ishlab chiqarilgan tejamkor avtomobillar konditsioner va rul kuchaytirgichlari bilan jihozlangan. O‘zbek tilidan tarjima qilinganda “Ravon”  so‘zi “Oq yo‘l”, “Tekis yo‘l” ma'nolarini anglatadi. Taqdimot  marosimiga tashrif buyurganlar  Ravon Gentra, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 avtomobillarini ko‘zdan kechirib, ularning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan  tanishdilar.

Shuningdek,  taqdimot marosimida O‘zbekistonda aynan kommunal xizmat, qurilish ishlari va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallab  ishlab chiqarilayotgan  avtotexnikalar ham namoyish etildi.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga