logo

Asosiy ko'rsatkichlar

1 chorak

2016 yil I chorak yakunida “O‘zavtosanoat” Ak korxonalarida 901,8 mlrd. so‘mlik  tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish hajmi 2015 yil holatiga ko`ra 40,1% ni tashkil etdi.

2016 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra kompaniyaning 33 korxonasi Xalqaro ISO 9001:2008 talablariga javob beruvchi sifat menejmenti tizimi sertifikatlariga  ega.  Sertifikatlangan mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi (xalqaro standartlarga mos holda) kompaniya umumiy korxonalari yalpi ishlab chiqarishining 98,2 % ini tashkil etadi.

2016 yil 1 aprel holatiga ko‘ra tarmoqda 26 ming nafardan ortiq insonlar faoliyat yuritishadi.

2 chorak

2016 yil I  yarim yillik yakunida “O‘zavtosanoat” Ak korxonalarida 1 801,7 mlrd. so‘mlik  tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish hajmi 2015 yil holatiga ko`ra 35,2% ni tashkil etdi.

2016 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra kompaniyaning 33 korxonasi Xalqaro ISO 9001:2008 talablariga javob beruvchi sifat menejmenti tizimi sertifikatlariga  ega. 

Sertifikatlangan mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi (xalqaro standartlarga mos holda) kompaniya umumiy korxonalari yalpi ishlab chiqarishining 98,7 % ini tashkil etadi.

2016 yil 1 iyul holatiga ko‘ra tarmoqda 24 ming nafardan ortiq insonlar faoliyat yuritishadi.

3 chorak

2016 yil 9 oylik yakunida “O‘zavtosanoat” Ak korxonalarida 2 694,0 mlrd. so‘mlik  tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish hajmi 2015 yil holatiga ko`ra 41 % ni tashkil etdi.

2016 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra kompaniyaning 33 korxonasi Xalqaro ISO 9001:2008 talablariga javob beruvchi sifat menejmenti tizimi sertifikatlariga  ega.  Sertifikatlangan mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi (xalqaro standartlarga mos holda) kompaniya umumiy korxonalari yalpi ishlab chiqarishining 98,7 % ini tashkil etadi.

2016 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra tarmoqda 24 ming nafardan ortiq insonlar faoliyat yuritishadi.

4 chorak

2016 yil 11 oylik yakunida “O‘zavtosanoat” Ak korxonalarida 3 660,638   mlrd. so‘mlik  tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish hajmi 2015 yil holatiga ko`ra 48,8% ni tashkil etdi.

2016 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra   kompaniyaning 33 korxonasi   Xalqaro ISO 9001:2008 talablariga javob beruvchi sifat menejmenti tizimi sertifikatlariga  ega.  Sertifikatlangan mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi (xalqaro standartlarga mos holda) kompaniya umumiy korxonalari yalpi ishlab chiqarishining 98,7 % ini tashkil etadi.

2016 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra tarmoqda 24 ming nafardan ortiq insonlar faoliyat yuritishadi.

 

2015 yil yakunida quyidagi loyihalarning amalga oshirilishi yakunlandi:

Yil yakuniga ko‘ra, 130 ta yangi ish o‘rnini tashkil etuvchi umumiy qiymati 33,74 million AQSH dollari miqdoridagi 8 ta loyiha amaliyotga joriy etilgan.

1. Yuk transport vositalarining qismini mahalliylashtirish va kabina yig‘ish jarayonini o‘zlashtirish (loyiha quvvati 3 ming dona, yaratiladigan ish o‘rni 50 ta).

2. Yuk avtomobillari uchun qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish (sinov talab qilmaydigan) (loyiha quvvati 3 ming komplekt, yaratiladigan yangi ish o‘rni 5 dona).

3. “Labo” avtomobili ishlab chiqarishni tashkil etish (loyiha quvvati 5 ming dona avtomobil, yaratiladigan yangi ish o‘rni 50 ta).

4. Statorlar ishlab chiqarishni tashkil etish (loyiha quvvati 200 ming dona, yaratiladigan yangi ish o‘rni 8 ta).

5. Misdan qoplamali o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishni tashkil etish (loyiha quvvati 100 tonna, yaratiladigan yangi ish o‘rni 7 ta).

6. Gaz ballon jihozlari o‘rnatilgan “Lasetti” avtomobili ishlab chiqarishni o‘zlashtirish (loyiha quvvati 5 mingta avtomobil, yaratiladigan yangi ish o‘rni 50 dona).

7. «O‘zChasis» MCHJ qo‘shma korxonasi texnologiyasini yangilash.

8. «T 250» avtomobili uchun yonilg‘i baklari ishlab chiqarishni tashkil etish (loyiha quvvati 73,6 ming komplekt, yaratiladigan yangi ish o‘rni 10 ta).

 

Yengil avtomobillar ishlab chiqarilishi o’sishining dinamikasi


Avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilishi o’sishining dinamikasi


 

2016 yil 11 oylik b'oyicha asosiy ko'rsatkichlarini yuklab olish.pdf (327KB)

tepaga