logo

Axlat tashuvchi MAN CLA 18.280 4X2 E-3

MAN CLA 18.280 4x2 BB bazasidagi, kuzov hajmi 13 m3 bo‘lgan orqaga yuklovchi axlat tashish avtomobili (keyingi o‘rinlarda - avtomobil), qattiq maishiy xo‘jalik chiqindilarini, mexanik tarzda ortish (yuklash), siqish (jamlash), tashish va tushirish uchun mo‘ljallangan. Ort qopqoqli kuzov, surish plitasi, ortish (yuklash) - tushirish mexanizmi hamda gidravlik va elektron tizimlar maxsus jihozlar tarkibiga kiradi. Chelak va axlat qutilaridagi chiqindilarni yuklash cho‘michiga o‘tkazish ishlari qo‘l bilan amalga oshirilishi uchun cho‘mich pastga tushiriladi. Kuzovga ortilgan chiqindilarni siqish (jamlash), surish plitasi orqali amalga oshiriladi. Tushirish esa kuzovni orqaga ag‘darish funksiyasi va surish plitasi yordamida amalga oshiriladi.

Narxi: 220 300 000 so‘m/dona.

Batafsil ma`lumot

tepaga