logo

BETONqorishtirgich MAN TGS 33.360 6X4 E-3 CS13 (MIXER)

Nominal hajmi 8m3 bo‘lgan gidravlik harakatlanadigan “orqaga” ag‘daruvchi avtobetonqorishtirgich avtomobil, tayyor beton qorishmasini, yo‘l davomida qorishma tarkibini o‘zgartirmasdan saqlagan holda va beton quyish joyiga yoki beton tashuvchi transport qurilmasiga quyish va iste'molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. Transportirovka vaqtida beton qorishmasining bir xilligini saqlash, barabanning aylanishi bilan amalga oshiriladi. Barabanning ichki qismiga spiralli lezviya o‘rnatilgan. Bir yo‘nalish bo‘yicha aylanganda (ortish (yuklash) va transportirovka vaqtida) lezviya, qorishmani barabanning ichki qismiga haydaydi. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha aylanganda (to‘kish vaqtida) Arximed Vinti mexanizmidan foydalaniladi, uning yordamida qorishma to‘kiladi.

Avtomobilga CommonRail zamonaviy yoqilg‘i uzatish tizimi o‘rnatilgan. Baquvvat va tejamkor D20 dvigateli 16-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi. Avtomobil kuchaytirilgan ressor osmalari, ABS tizimli barabanli tormozlar, boshqaruvning elektron tizimlari va qulay kunduzgi kabina bilan jihozlangan.

Narxi: 359 993 000 so‘m/dona.

Batafsil ma`lumot

tepaga