logo
Orqaga qaytish

“EAST BUTTERFLY” QK

04.05.2014

Avtomobil ishlab chiqarish sohasining tug’ilishi bir tomondan O’zbekistonda yangi korxonalarning ochilishiga olib keldi, ikkinchi tomondan, odatiy mahsulot ishlab chiqaruvchi mavjud korxonalar hayotiga yangi nafas berdi. Avtomobilsozlik sanoati o’zining rolini, ya’ni iqtisodiyotning lokomotiv rolini yana bir bor tasdiqladi: “O’zavtosanoat” AK o’z atrofiga qator strukturalar faoliyatini jalb qildi va ular uchun yangi imkoniyatlar va ishlab chiqarishdagi yangi bosqichlarni ochib berdi. Umumiste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirgan korxonalarda yangi ishchi o’rinlari (ayniqsa, yoshlar uchun) yaratildi, hududlar va u yerdagi ijtimoiy soha rivojiga sezilarli hissa qo’shildi.

“East Butterfly ” shvetsar-hind-o’zbek qo’shma korxonasi 1991-yilning 21-avgustida tashkil topdi. O’zbekiston tomonidan “Vostok” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Hindiston tomonidan (ayni damda konsorsium maqomiga ega) “GangadharamAppliancesLtd.” kompaniyasi uning ta’sischisi bo’ldi. 2005-yilning yanvar oyida kompaniyaning yana bir hamkori – Shvetsariyaning «MillerTradingGmbH» kompaniyasi paydo bo’ldi. Korxona mahsulotlari sirasi yuqori texnologiyali hind, nemis, ingliz ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilgan uskunalar va hind texnologiyalari asosida tayyorlangan oshxona idishlaridan iborat.

Korxona mutaxassislari Hindistonda dunyoning eng yetakchi idish ishlab chiqaruvchilaridan saboq oldilar. “EAST BUTTERFLY” QK Markaziy Osiyodagi savdo texnologik uskunalar va zanglamaydigan po’latdan yasalgan ekologik toza idish tayyorlovchi yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.  

"O'zavtosanoat" AK axborot xizmati

Boshqa Press Relizlar

tepaga