logo
Orqaga qaytish

Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

27.03.2017

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  universitet jamoasi bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Unda so‘zga chiqqanlar tashkil etilganidan buyon ushbu universitetni bitirib chiqayotgan yoshlar bugungi kunda yurtimiz hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotganini,  ayni paytda o‘z diplomlarini qo‘lga kiritgan yoshlar ham  mamlakatimiz ravnaqi uchun  o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishini ta'kidlab o‘tishdi. O‘z o‘rnida  talabar nomidan so‘zga chiqqanlar ham  ularning mana shunday qulay shart-sharoitlarda ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan respublikamiz hukumatiga, universitet jamoasiga hamda  professor o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Tadbirda bitiruvchilarga diplom va sertifikatlar topshirilgach, universitetning eng namunali deb topilgan 15 nafar talabasiga ham  esdalik sovg‘alari topshirildi.  

                                                           “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga