logo

Captivaning texnik tasnifi

 

Chevrolet Captiva – betakror uyg‘unlikdir: SUV universalligi + oilaviy avtomobilning uslubi va amaliyotga mosligi.

Avtomobilning ko‘rinishi o‘ziga xos ifodali va betakrordir, unda sport yo‘nalishi va hashamatli qiyofasi mujassamlashadi. 2,4 litr hajmli motori esa 167 ot kuchi quvvatigacha bera oladi. Xavfsiz va qulay, har qanday yo‘lda yura oladigan avtomobilning amaliyotga mosligini va universal qo‘llanishini qadrlaydiganlar uchun a’lo tanlov bo‘la oladi.

Yuqori sifatli saloni bo‘lgan maksimal butlanishi SUV ning eng talabchan ixlosmandlarini ham befarq qoldirmaydi.

Captiva rusumli krossover zamonaviy oila uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Haqiqiy har qanday yo‘lda yura oladigan avtomobilning mustahkamligi, ishonchliligi va kengligi – Captiva Sizga nihoyatda ko‘p yorqin imkoniyatlarni baxsh etadi.


Batafsil ma`lumot

tepaga