logo

Chevrolet LABONING TEXNIK TASNIFI

550 kg gacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega «Chevrolet Labo» yuk avtomobili «Damas»ning ochiq bortli kuzovga ega modeli hisoblanadi hamda shahar va qishloq sharoitlarida qisqa masofalarga yuklarni yetkazib berishga mo‘ljallangan. «GM Uzbekistan» AJning Xorazmdagi zavodida yiliga bunday avtomobildan 5000 dona ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Avtomobil 38 ot kuchiga ega uch silindrli, sig‘imi 0,8 litr bo‘lgan  dvigatel va besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Ushbu avtomobil «GM Uzbekistan» AJ ning Xorazm viloyatidagi filialida ishlab chiqariladigan uchinchi model hisoblanadi.

Narxi: 16 915 000 so`mdan boshlanadi  (Xalqaro plastic kartochkalar bo'yicha).

Batafsil ma`lumot

tepaga