logo

Cobaltning texnik tasnifi

Chevrolet Cobalt – GM korporatsiyasining Braziliyadagi bo‘limining dizaynerlari tomonidan GM kompaniyasining avtomobillarni ishlab chiqish standart global jarayonlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan oilaviy sedan modelidir. Cobalt modeli GM ning global guruhi tomonidan o‘z pog‘onasida jahon etaloniga aylanadigan va o‘sib rivojlanayotgan bozorlarda sotish bo‘yicha yetakchi bo‘la oladigan darajada ishlab chiqilgan. Chevrolet Cobalt qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlarni, hamda eskirmaydigan an’anaviy klassik dizayn qiyofasini o‘zida mujassamlashtiradi. A’lo xavfsizlikni ta’minlash uchun, o‘ta mustahkam po‘latdan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobalt rusumli avtomobil, ABS (antibloklash tormoz tizimi) bilan, hamda haydovchi va oldingi yo‘lovchi  uchun xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

 

Batafsil ma`lumot

tepaga