logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: “Yulduzlar» hukmronligi tugadi: Audi RS 3 raqobatchilarini quvib o‘tadi

22.02.2016

«Mercedes-AMG CLA 45 4Matic» sportsedanining hukmronligi yaqinda yakuniga yetadi. Ingolshtadt shahrida unga mos raqibni tayyorlashmoqda.

Mercedes-AMG CLA 45 4Matic «yaderli» avtomobili «S» sinfiga mansub ekstremal sedanlar segmentining qariyb yagona jiddiy vakili hisoblanadi. Ushbu kichkintoy 381 ot kuchi quvvatiga ega 4,2 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladigan 2,0-litrli «turboto‘rtlik» bilan qurollangan. Ammo ushbu baquvvat avtomobilning hukmronligiga oz qoldi.

«Quattro World» internet manbalarining xabarlariga ko‘ra, ingolshtadt rusumi uchlik sinflar orasida «yulduzlikni» egallab turgan «raketa» ga qarshi ovni boshladi. Bu yerda Sedan kuzovli «Audi RS 3»  avtomobili to‘g‘risida gap bormoqda. Afsuski “RS»ning yangi ko‘rinishi Audi A3 Clubsport quattro» konseptkar avtomobili bilan bellasha olmaydi, bu bilan kompaniya faqatgina ekstremal modifikatsiyadagi avtomobillar taklifini kengaytirish istagida ekanligini bildirgan. Shou-kar arsenalida, 2,5 litr xajmga ega beshsilindrli 525-kuchiga ega dvigatel borligini eslatib o‘tamiz. Ushbu avtomobilga RS 3 Sportback «turbobeshlik» agregati o‘rnatiladi, lekin ushbu agregat xetchbegdagiga o‘xshab 367 ot kuchi va 465 aylanma harakatni emas, balki 400 ot kuchi va 500 aylanma harakatni bera oladi. O‘ylashimizcha ushbu avtomobil 4,0 soniyada soatiga 100 km tezlikka erisha oladi.

Ba'zi xabarlarga ko‘ra RS 3 Sedan keyingi yilning oxirlarida AQSH bozorlariga birinchi bor chiqariladi. Yevropa davlatlarida esa AQSHga qaraganda biroz ertaroq paydo bo‘lishi mumkin.

Manba: www.autonews.ru                                                                                              

 

Boshqa yangiliklar

tepaga