logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: Audi kompaniyasi Oyga uchmoqchi

15.01.2016

Audi kompaniyasi o'zining Audi lunar quattro – Oyda yuruvchi apparatni Oyga jo'natish rejasi to'g'risida xabar berdi. Sovrin jamg'armasi 30 mln AQSh dollariga teng bo'lgan Google Lunar XPRIZE konkursida berlin texnik gruppasi Part-Time Scientists g'olib bo'lsa agar ushbu apparatni oyga chiqariladi. Musobaqa talablariga ko'ra, avtomatlashtirilgan Hamma erda yuruvchi apparatni Oyga etkazib bera oladigan jamoa musobaqa g'olibiga aylanadi. Apparat oy yuzasida 500 metrdan kam bo'lmagan masofani bosib o'tishi va Yerga yuqori sifatdagi video va tasvirlarni jo'natishi zarur. Shu qatorda jamoani moliyalashtirishning 90% o'z hisobidagi mablag' vositalaridan moliyalashtirilgan bo'lishi kerak.

Audi kompaniyasi injenerlarning ekspert bilimlarini berish bilan Part-Time Scientists jamoasini qo'llab quvvatlashga qaror qildi, hamda Audi lunar quattro lunoxodini berdi. Ishlab chiqarilgan prototip Google Lunar XPRIZE dasturi doirasida, umumiy qiymati 750 000 dollarga teng ikkita sovrinni qo'lga kiritdi.

Avtonom apparatning vazni 35 kg. Oyda yuruvchi, to'rtta g'ildirakka o'rnatilgan elektr dvigatellar hisobiga harakatga keltiriladi. Motorlar litiy-ion akkumulyatorlardan harakatga keladi, akkumulyatorlar esa quyosh batareyalaridan quvvat oladi. Nazariy tomondan apparatning maksimal tezligi - 3,6 km/soat. To'rtala g'ildirak 360 gradusga aylana oladi. Audi lunar quattroning old tomoniga, uch o'lchovli tasvirga olish imkoniyatiga ega ikkita stereoskopik kameralar o'rnatilgan. Uchinchi kamera esa materiallarni o'rganishga va panoramali tasvirlar olish uchun foydalaniladi. Yaqin kunlarda mutaxassislar apparat vaznini kamaytirishga, elektrodvigatelni kuchaytirishga harakat qilishmoqda. Muosbaqaning g'olibiga aylanishsa 2017 yilga kelib apparatni oyga uchirishni rejalashtirmoqda.

Manba: www.autonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga