logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: «FORD TRANSIT CONNECT» AVTOMOBILI TYUNERCHILARDAN YORQIN DIZAYN YECHIMINI OLDI

05.02.2016

«Carlex Design» atelyesi kutilmagan loyihani taqdim qildi. Tyunerlar «Ford Transit Connect» avtomobili ustida ishlashib, avtomobilni yanada yorqinroq qilishdi.

Transit Connect o‘zining standart shakllari bilan, juda ham e'tiborni jalb qiladigan avtomobil hisoblanmaydi, lekin Carlex Design xodimlari uning ustida ishlagandan keyin, ushbu rusumni harakatlanayotgan avtomobillar orasidan ajratib olish unchalik qiyin emas. Masalan, tyunerchilar agressiv, katta havo panjaralari, diod chiroqli faralar, radiatorning yangi panjaralari, orqa bamperlar, tom spoylerlarini o‘rnatishdi, g‘ildirak arkalarini kengaytirishdi va multispitsali, 19-dyuymli yengil quyma diskli, «Michelin» shinalarini o‘rnatishdi. Biroz pasaytirilgan osmalar esa avtomobil chiroyiga chiroy qo‘shmoqda.

Salonning rasmi yo‘q, lekin ichki tomonida yangi charm qoplamasidan foydalanilishi kutilmoqda. Carlex Design avtomobil interyeri bo‘yicha katta mutaxassis ekanligini hisobga olsak, tashqi tomoni avtomobil egasiga ma'qul kelishi aniq. Loyihaning narxi hozircha aniq emas.

 Manba: www.automotonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga