logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: Google kompaniyasining haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari 13 marta yo'l transport hodisasiga uchrashiga ozgina qoldi

22.01.2016

Haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar ko'pchilik tomonidan tranport xavfsizligida o'ziga xos echim deb qaralmoqda. Sir emaski, tirik odamdan farqli ravishda elektronika xato qilmaydi va toliqmaydi. Bu-nazariyada shunday. Amaliyotda esa, hattoki barcha imkoniyatlarga ega zamonaviy tizimlar bo'lsa ham, hamma narsa silliq kechavermaydi. Misol uchun, haydovchisiz avtomobillarini sinovdan o'tkazayotgan Google kompaniyasi, 2014 yilning sentyabr oyidan 2015 yilning noyabr oyigacha bo'lgan muddatda o'tkazilgan sinovlar jarayonida, avtomobil o'z-o'zidan boshqaruvni tirik odamga topshirgan 341 noodatiy holat aniqlanganligini rasman tan oldi. Bundan tashqari 13 holatda, tirik sinovchi – haydovchi aralashmasa agar yo'l transport hodisasi ro'y berishi aniq edi.

Lekin ta'kidlash joizki, statistik hisobotlar natijalari haydovchisiz avtomobillar foydasiga hal bo'lmoqda. Masala shundaki, 14 oy mobaynida “Guglomobillar” avtonom rejimda 424 000 mildan (682 000 km) ko'proq bo'lgan masofani bosib o'tishdi, va yuqorida keltirilgan holatlarning barchasini istisno deb hisoblash mumkin. Chunki statistik ma'lumotlarga ko'ra yo'l transport hodisasi kelib chiqishi mumkin bo'lgan vaziyatlarning aksariyatini, oddiy avtomobil boshqarayotgan boshqa haydovchilar keltirib chiqargan.

Manba: www.autonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga