logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: HONDA KOMPANIYASI AVTOMOBIL ISHLAB CHIQARISH BO‘YICHA REKORDNI YANGILASH YO‘LIDA

03.11.2016

“Honda Motor Co.” ishlab chiqarish kompaniyasi 2016 yilning  birinchi moliyaviy yarim yilligida  va sentyabr oyida ishlab chiqarilgan avtomobillarning soni bo‘yicha hisobot berdi.

Kompaniyaning statistik ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning aprel-sentyabr oylarida “Honda Motor Co.” kompaniyasi konveyerlaridan 2 452 665 dona yangi avtomobil tushdi. Sentyabr oyida esa kompaniya 450 ming donadan kam bo‘lmagan avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya uchun joriy moliyaviy yarim yillik va sentyabr oyi o‘tgan yillardagi ushbu hisobot davriga qaraganda  tayyorlangan avtomobillarning  miqdori bo‘yicha  rekord natijani qayd etdi.

Kompaniyaning  Shimoliy Amerika va Osiyodagi korxonalarida  ishlab chiqarishning eng ko‘p natijasi qayd etilgan.  Sentyabr oyida  bu yerda 168 ming va 180 ming  dona avtomobil yig‘ilgan. Birinchi moliyaviy yarim yillikda esa  990 ming donadan biroz ko‘proq va 962 ming dona avtomobil tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz.  2015-moliyaviy yilda “Honda Motor Co.” kompaniyasi konveyerlaridan  3 million 971 dona  avtomobil chiqarib shaxsiy rekordini o‘rnatgan edi.  2016 yilning olti oyidagi ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi o‘tgan yildagiga qaraganda ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishi aniq.  

Aytgancha, bu oyda Honda o‘zining  yangi kompakt krossoveri WR-V ning  premyerasini o‘tkazadi. Allaqachon  mazkur avtomobilning dastlabki suratlari  aksariyat internet nashrlarida chop etilgan edi. Xitoyda ayni vaqtda  Honda avtomobilining eng qimmat rusumi,  kupe ko‘rinishidagi Avancier  avtomobilining sotuvi boshlandi.

Manba: www.kolesa.ru

 

Boshqa yangiliklar

tepaga