logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: «LAND ROVER» KOMPANIYASI KLASSIK «DEFENDER» AVTOMOBILINI ISHLAB CHIQARISHNI YAKUNLADI

05.02.2016

Britaniya kompaniyasi oxirgi «Land Rover Defender» avtomobilini chiqardi. Eslatib o‘tamiz, ushbu rusum 68 yil davomida ishlab chiqarilgan. 2016 yilning 29 yanvarida Solixalle zavodida muhim voqea bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda «Land Rover Defender» avtomobili ishlab chiqarilishiga aloqasi bo‘lgan, kompaniyaning sobiq ishchilari bilan birgalikda, 700 nafardan ortiq insonlar qatnashdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‘tgan 68 yil davomida hammasi bo‘lib 2 016 933 dona ushbu rusumdagi yo‘ltanlamaslar ishlab chiqarilgan. Mazkur avtomobilning oxirgi nusxasi sotilmasdan «Jaguar Land Rover Collection» muzeyiga joylashtiriladi.

Land Rover Defenderning o‘rnini bosishi kutilayotgan avtomobilga kelsak, u 2018 yilda ishlab  chiqarilishi kutilmoqda. Birvarakayiga beshta rusumni o‘z ichiga oladi: ikkita 2-eshikli versiyada, uzaytirilgan g‘ildirak bazasiga ega 4-eshikli versiyada hamda 2 va 4-eshikli pikaplar. Yangi avtomobilni darrov tanishlari uchun, Britaniya kompaniyasi, klassik Defender  avtomobilining bir qator dizaynerlik yechimlarini saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Manba: www.automotonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga