logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: Nissan Qashqai avtomobili keyingi yildan haydovchi yordamisiz harakatlanishni boshlaydi

11.03.2016

Yaponiya firmasi Jenevadagi avtosalonda sensatsion namoyish qildi. 2017 yildan boshlab Nissan Qashqai krossoveri Piloted Drive 1.0 tizimi bilan jihozlangan ilk seriyali mashina bo‘ladi.

Nissan kompaniyasi dunyoda birinchi haydovchisiz boshqariladigan seriyali avtomobil ishlab chiqarishga jiddiy kirishgan ko‘rinadi, Buyuk Britaniyada yig‘iladigan Nissan Qashqai avtomobilini Piloted Drive 1.0 tizimi bilan keyingi yilda jihozlashsa agar, demak ichki bozorda xaridorlarga ushbu avtomobilni joriy yilning oxirlariga taklif qilishadi.

Nissan Qashqai avtomobili haydovchi yordamisiz aynan qanaqa manevrlar (harakatlar) bajara olishi to‘g‘risida ishlab chiqaruvchilar hozircha hech qanday ma'lumot bermayapti, faqatgina Piloted Drive “juda ko‘p avtomobillar harakatlanadigan shosse bo‘ylab avtomatik boshqaruv rejimida berilgan parametrlar bilan xavfsiz harakatlana oladi” deyishmoqda. Krossover, haydovchini rul chambaragini burashdan va yo‘lda harakatni boshqarishdan to‘liq ozod qila oladi deb kutish o‘rinlimikan, lekin standart harakatlanish rejimining aksariyatida, yo‘lning yaxshi ko‘rinishi sharoitida va birmuncha yaxshi yoki yomon bo‘lgan yo‘l  infrastrukturasida harakatlana oladi deb o‘ylaymiz.

Nissan kompaniyasining Yevropa bo‘linmasi boshlig‘i Pol Uillkoks matbuot anjumanida quyidagicha ma'lumot berdi.

“Avtonom boshqaruv texnologiyasining paydo bo‘lishi - bu revolyutsion emas balki evolyutsion jarayon hisoblanadi, chunki Safety Shield umumiy nomi bilan ataluvchi uning ba'zi tarkibiy qismlaridan bizning seriyali avtomobillarimizda foydalanilmoqda. Avtomobilni boshqarish jarayonidan, shahardagi zich oqimlarda harakatlanish kabi haydovchilar uchun qiyin bo‘lgan (zo‘riqish yuzaga keltiradigan), lahzalarni olib tashlashga va harakatlanishdan rohatlanish olishlariga harakat qilmoqdamiz”.

2020 yilga kelib Nissan kompaniyasi harakatlanishning har qanday sharoiti uchun avtonom boshqaruvning to‘liq funksional tizimini yaratishga va uni birvarakayiga bir nechta rusumlarda taklif qilishga va'da berishmoqda.

Manba: www.zr.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga