logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: Noyob nusxadagi Ferrari 335 Sport Scaglietti avtomobilini kimoshdi savdosida 35,7 mln. AQSH dollariga sotishdi

08.02.2016

Parijda o‘tkazilgan Artcurial Motorcars Retromobile kimoshdi savdosida Italiyaning poyga afsonasi sanaladigan avtomobil yng xaridorgir bo‘ldi. Ushbu avtomobil uchun to‘langan mablag‘ savdolar uchun qo‘yilgan umumiy mablag‘ning yarmidan ko‘pini tashkil qildi. O‘tgan dam olish kunlarida Parijda umumiy qiymati 62 646 564 AQSH dollariga teng raritet (qadimiy) avtomobillar sotildi. Bu yerda misol uchun, Aston Martin DB4 Convertible avtomobilining 1963 yilgi nusxasi (1,6 mln. AQSH dollariga sotildi), bir juft Bugatti EB110 SS avtomobili (har biri uchun bir milliondan to‘lashdi) va Sitroyen avtomobilining bir nechta kamyob nusxalari o‘z egalarini topdi.  Ular orasida eng qimmat bo‘lgan 2CV Sahara nusxasi 192 ming AQSH dollariga sotildi.

Ammo bularning barchasi, 1957 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 335 Sport Scaglietti avtomobili bilan taqqoslanganda, bir chaqadek bo‘lib qoldi: uning boshlang‘ich bahosi 22,3 million bo‘lib, xaridorlar birpasda uning narxini bir yarim baravar ko‘tarib yubordi, natijada esa, mashina noma'lum kolleksionerga uning vakili orqali 37 794 319 AQSH dollariga sotildi.

Ferrari kompaniyasining 50-chi yillarda ishlab chiqarilgan har qanday avtomobili juda qimmat turadi, lekin ushbu avtomobil narxining ko‘tarilishiga sabab uning haqiqiy poygalarda ishtirok etgani (1957 yildagi Mille Miglia poygasida ikkinchi o‘rin, 1958 yilda Kuba Gran-pri musobaqasi g‘olibi) va uni mashhur poygachilar, shu qatorda, janob Stirling Moss boshqargani bo‘ldi. Ushbu avtomobil kapoti ostida 340 o.k. quvvatiga ega, 3,5-litrli V12 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, Le-Mandagi aylana trekni bosib o‘tishda uning o‘rtacha tezligi dunyoda birinchi bor 200 km/soatdan oshdi.

Manba: www.interfax.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga