logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: «PORSCHE 911 R» avtomobilini Jenevadagi taqdimotgacha rasmga olishdi

22.02.2016

Uzoq kutilgan «Porsche 911 R» avtomobilini sinovdan o‘tkazish vaqtida sezib qolishdi. Rasmga qarab bilish mumkinki u «911 GT3» avtomobiliga juda o‘xshash. Ushbu rusumga hammaga tanish bo‘lgan katta havo qaytargichli old bamper va old spoylerlar o‘rnatilgan. Shuningdek orqa spoylerlar va diffuzorlari ham bir xil ko‘rinishga ega.

Porsche 911 R yuqori quvvatga ega yo‘l avtomobili sifatida tanilgan. Uning kuzovi maksimal darajada yengillashtirilgan, harakatlanishi esa 3,8-litrli olti silindrli atmosferali dvigatelga bog‘liq. U «911 GT3» avtomobilida 475 ot kuchi va 325 funt-fut  aylanma harakatni yetkazib beradi, «911 R» avtomobilining aniq sonlari esa hozircha aniq emas. Lekin  ushbu sport avtomobili olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.

Nemislar ushbu avtomobildan 600 dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda va ulardan har birining narxi 160 ming AQSH dollariga teng bo‘ladi.

Manba: www.automotonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga