logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: ROSSIYADA IXCHAM SHAHAR AVTOMOBILLARIGA BO‘LGAN EHTIYOJ OSHIB BORMOQDA

15.11.2016

Rossiya bozorida  joriy yilning oktyabr oyida ixcham shahar avtomobillari savdosi jonlandi. Eslatib o‘tamiz, inqiroz tufayli sotuvning deyarli to‘xtab qolishi natijasida mazkur avtomobillar segmenti yetarlicha zarar ko‘rgan edi. 

Biroq rossiyalik tahlilchilar 2015 yilning oktyabr oyi bilan taqqoslaganda joriy yilning  o‘tgan oyida  sezilarli darajada (62%) o‘sish bo‘lganini ta'kidlashmoqda. Rossiyalik haridorlar  o‘tgan oy davomida ushbu sinfga mansub 367 dona avtomobilni xarid qilishgan. Ular orasida Ravon R2 yetakchilikni qo‘ldan bergani yo‘q. Chevrolet Sparkning restayling qilinishi natijasida yangi nom ostida eksportga chiqarilgan turidan  174  donasi o‘z egasini topdi. Buni esa mutaxassislar uning avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan  holatda xaridorlarga taqdim etilgani bilan izohlashmoqda. 

Kamsig‘imli avtomobillar orasida  ommabopligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni  Koreyaning Ria Picanto avtomobili egalladi. Mazkur  rusumdagi avtomobildan 121 tasi  aynan  o‘tgan oyda sotilgan. Reytingda uchinchi o‘rinni  nemislarning Smart ForFouri egalladi. O‘tgan oyda ushbu avtomobildan 24 dona sotilgan. Jami bo‘lib joriy yilning o‘tgan o‘n oyida  rossiyaliklar  2.7 ming dona  A-sinfiga mansub kam sig‘imli avtomobillarni xarid qilishgan Bu esa o‘tgan yilning aynan shu davriga qaraganda 7.4 % ga ko‘p.

Manba: www.avtonovostidnya.ru

 

Boshqa yangiliklar

tepaga