logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: «Skoda» kompaniyasi gibridli «Vision S» krossoverini taqdim qildi

22.02.2016

«Skoda» kompaniyasi «Vision S» deb nomlanadigan gibridli krossover konseptini taqdim qildi. Avtomobilning ommaviy namoyishi 2016 yilning mart oyida Jenevadagi avtosalonda amalga oshiriladi.

Konseptning uzunligi 4,7 metr, kengligi 1,91 metrni tashkil qiladi. Avtomobil oltita yo‘lovchi joylasha oladigan uch qator o‘rindiqqa ega bo‘ldi. Mashina dizayni 2014 yilda taqdim qilingan «Vision C» shou-karini eslatadi. Yangi avtomobilga svetodiod optika, spoyler, yengil quyma g‘ildirak disklari, katta havo qaytargichlar o‘rnatilgan uncha katta bo‘lmagan radiator panjarasiga ega bo‘ldi.

Avtomobil «Volkswagen Group»dan olingan takomillashtirilgan «MQB» platformasiga qurilgan. Kuch qurilmasi tarkibiga 156 ot kuchi quvvatiga ega 1,5 litrli benzinli dvigatel kiradi. Agregat ikkita elektromotor bilan birgalikda ishlaydi. Yangi avtomobilning qo‘shilgan quvvati 255 ot kuchiga ega.

Mashina olti bosqichli uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Krossover 7,4 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Maksimal tezligi soatiga 200 kmni tashkil qiladi.                 

Manba: www.autonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga