logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: «TESLA» KOMPANIYASI MART OYIDA YANGI RUSUMDAGI AVTOMOBILNI KO‘RSATISHADI

05.02.2016

Amerika kompaniyasi Tesla, mart oyida Model 3 nomli yangi elektr sedanining ilk tasvirini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Uning texnik tasnifi to‘g‘risida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q. Fikrimizcha, yangi avtomobil ishlab chiqarilishiga yaqin qolganda ma'lumotlar xabar qilinadi. Hozircha,  kulrang kuzovga ega yangi, «Tesla» sedani «BMW 3-Series»  avtomobilining raqobatchisi bo‘lishi aniq.

Shuningdek, Model 3 uchun akkumulyatorlar yangi «Gigafactory» zavodida ishlab chiqariladi. Shunga muvofiq «Tesla» kompaniyasi batareyalar narxini sezilarli darajada pasaytirishga umid qilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi akkumulyator o‘rnatilgan rusum, quvvat olmasdan 320 kilometr masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi avtomobil sotuvga 2017 yilda chiqarilishi kutilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning narxi 35 ming yevrodan boshlanadi. Bu  esa kompaniya rusumlari qatorida eng arzon avtomobil  hisoblanadi.

Manba: www.auto.newsru.com

Boshqa yangiliklar

tepaga