logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: TOYOTA RUSUMLAR QATORI YANGI SEDAN BILAN TO‘LDIRILDI

24.11.2016

Guanchjou avtomobil saloni doirasida  faqatgina Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan Yaris L.ning to‘rt eshikli versiyasi  namoyish etildi.

Avtomobil shousiga yapon avtomobilsozlari  sedanning mustahkam berkitilgan, hatto oynalarigacha tonirovka qilingan prototipini keltirishdi. Biroq, biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda mazkur to‘rt eshikli sedanning tashqi ko‘rinishiga ko‘ra umuman farq qilmaydigan, o‘g‘irlangan suratlari tarqalgan edi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Xitoyda sotiladigan Yaris L. avtomobili  umuman boshqacha dizaynga ega bo‘lib, boshqa bozorlar uchun eksport qilinadigan mazkur rusumdagi avtomobillardan  mutlaqo farq qiladi.   

Sedanning gabarit o‘lchamlariga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, uning uzunligi 4 160 mm.ga teng, kengligi 1700 mm., balandligi esa (jihozlanishidan kelib chiqib)1485 yoki 1495mm.ni tashkil etadi. G‘ildiraklar bazasi o‘lchami esa 2550mm.dan iborat.

To‘rt eshikli Yaris L sedani kelgusi yilning birinchi choragida sotuvga chiqariladi. Uning narxi hali rasman e'lon qilinmagan.

Manba: www.kolesa.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga