logo
Orqaga qaytish

DUNYO YANGILIKLARI: YOZ FASLIDA E-SINFIDAGI MERCEDESGA YANGI DVIGATEL O‘RNATILADI

05.02.2016

Butunlay yangi, Е-sinfiga mansub  «Mercedes-Benz» avtomobili hozirda uch turdagi dvigatel bilan chiqarilmoqda, lekin joriy yilning iyun oyida dvigatellar ro‘yxati kengayadi.

Nemis kompaniyasi hozirdanoq E 200 (184 o.k.), E 220d (194 o.k.) va E 350d (258 o.k.) rusumidagi avtomobillarga buyurtma olmoqda. Ularning barchasi 9-bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi 9G-TRONIC bilan jihozlangan. Iyun oyida dvigatellar qatori benzinli E 250 (211 o.k.), E 300 (245 o.k.) va E 400 4 MATIC (333 o.k.) hamda dizelli, E 200d (150 o.k.) va E 220d 4 MATIC (194 o.k.) dvigatellari bilan to‘ldiriladi. Taxminan o‘sha vaqtda «Mercedes» kompaniyasi mexanik uzatmalar qutisiga ega, E 220d va E 200 avtomobillariga buyurtmalar oladi.

Shuningdek, E 350d 4 MATIC versiyasi 2017 yilning ikkinchi yarmida chiqarilishi to‘g‘risida xabar berilmoqda. 2,0-litrli turbomotorga va elektrodvigatelga ega gibrid versiyasining chiqarilishi joriy yilning oxiriga rejalashtirilmoqda. E 63 top versiyasi esa 2017 yilning birinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda, unga 4,0-litrli V8 dvigateli va 9-bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatiladi.

Manba: www.automotonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga