logo
05.05.2017

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Dinamik sistemalarning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy konferensiyasi 1-3 may kunlari bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman belgilangan dastur asosida ko’tarinki ruhda o’tdi.

Anjuman ishtirokchilari ko’lami butun respublika Oliy o’quv yurtlari va Ilmiy tadqiqot institutlarini qamrab olib, bunda Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi oliy o’quv yurtlarining yetuk olimlari, ilmiy tadqiqotchilari, magistrant va bakalavr bosqichi talabalari, jami 130 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.

Jumladan, O’zbekiston Milliy Universiteti, O’zR FA Matematika Instintuti, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Samarqand Davlat Universiteti, Urganch Davlat Universiteti, Namangan muhandislik - pedagog instituti olimlari o’zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlari yetuk olimlari: Hitoshi Nakada - Keo Universiteti (Yaponiya), Konstantin Khanin - Toronto Universiteti (Kanada), Emilio Musso - Turin Politexnika Universiteti (Italiya), Vadim Kaloshin - Maryland Universiteti (AQSH), Bӧttinger Stefan - Hohenheim Universiteti (Germaniya), Pierre Stlonzenburg - Braunschweig Texnika Universiteti (Germaniya), Roman Parovik - Kamchatka Davlat Universiteti (Rossiya) o’zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 


Shuningdek, matematik analiz, differensiyal tenglamalar va matematik fizika, dinamik sistemalar, algebra, geometriya va topologiya, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematikaning amaliy muammolari/matematik muhandislik ma’ruzalari bo’lib o’tdi. Seksiyalarda 80 dan ortiq ogz’aki ma’ruzalar tinglandi.


Anjumanning yakuniy qismida chet ellik olimlar Konstantin Xanin va Vadim Kaloshin anjuman ishiga yuqori baho berishdi. Kelgusida matematika va uning tadbiqlari bo’yicha halqaro hamkorlikni davom ettirish, shuningdek halqaro moliya institutlarining turli tanlovlariga ilmiy loyihalar bilan qatnashishga kelishildi. Kelgusida ushbu anjumanni davriy ravishda o’tkazishga kelishildi.

 «O`zavtosanoat» AK matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga