logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: «Jaguar» kompaniyasi «XJ» sedanini yangisiga almashtiradi

05.01.2016

«Jaguar» kompaniyasi «XJ» flagman sedanini yangi rusum bilan almashtiradi. Bu haqda ingliz brendining shef-dizayneri Yan Kallum xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya, mavjud avtomobillarning faqat tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib restayling qilmasdan, balki rusumlar qatorini to‘liq yangilashga harakat qilmoqda.

Avtomobil radiatorning o‘zgartirilgan panjarasiga, yangi ko‘rinishdagi havo qaytargichlarga va yangi diodchiroqli yoritgichlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, XJ yangi 8-dyuym hajmga ega sensorli displeyni o‘zida mujassam etgan «InControl Touch Pro» multimediya tizimiga, «Wi-Fi» routeriga va 1300 Vt quvvatiga ega «Meridian» audiotizimlari bilan jihozlandi.

«Autobiography» nomiga ega restayling qilingan sedanning top modifikatsiyasi, 20-dyuymli yengil quyma g‘ildirak disklari, massaj  qilish funksiyasiga ega charm o‘rindiqlar va orqa yo‘lovchilar uchun yig‘iladigan ikkita 10,2-dyuymli displey bilan jihozlanadi. Sport versiyasi «R-Sport» nomiga ega bo‘ladi. Odatda bunday modifikatsiyadagi  avtomobillar orqa spoylerlar, sport o‘rindiqlari va splitterlar bilan jihozlanadi.

Mashinaning standart versiyasi 2,0-litrli benzinli kuch agregati bilan jihozlanadi. Motor quvvati 240 ot kuchi quvvatiga va 340 Nm aylanish lahzasiga ega. Huddi shunday motorlar qatoriga 3,0-litrli «V6» dizel dvigateli ham kiradi. Ushbu agregat quvvati 300 ot kuchiga ega. Ushbu motor bilan sedan 6,2 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.

Manba: www.automotonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga