logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: Amerikaliklar eng ishonchli avtomobillar markasini aniqlashdi

27.10.2016

Amerikaning Consumer Reports nashri  dunyodagi yetakchi avtoishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘rtasida ishonchlilik reytingini  tuzdi. Tahlilchilar o‘z izlanishlarida  internet nashrlarida avtohavaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan ham  foydalanishdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan yapon avtomobillari eng ishonchli avtomobillar deya e'tirof etilgan. Ayniqsa Lexus va Toyota avtomobillarida  turli nosozliklar juda kam yuzaga kelgan. Bundan tashqari tadqiqot natijalariga ko‘ra, Buick, Audi, Kia, Mazda, Hyundai va Infiniti avtomobillari kuchli o‘ntalikdan joy egallagan.

29 ta avtomobil brendlari orasida Ram, Fiat va Chrysler avto ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari haqida salbiy fikrlar bildirilgan. Shuningdek,  ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni zabt etgan Tesla ishlab chiqaruvchisi ham bor. 

«Tesla avtomobillari-to‘la quvvatlanganda 350 km masofani bosib o‘ta olishi bilan  ayni paytda eng yaxshi elektrokar nomini egallab turibdi. Mazkur avtomobillar qoniqarli darajada  xarid qilinishi bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan bo‘lsa-da, oxirgi vaqtlarda ishonchliligi bo‘yicha  o‘rtadan ham pastroq darajaga tushib qolgan»- deya yozmoqda o‘z hisobotida Consumer Reports nashri. 

«O’zavtosanoat» AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga