logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: BMW 8-Series rusumlari taqdiriga oydinlik kiritdi

13.09.2016

Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi 2020-yilga kelib, avval ham ishlab chiqarilgan 8-Series  rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqishni boshlaydi. Ishlab chiqaruvchining rejasiga muvofiq,  mazkur yangi rusum Mercedes-Benz S-Class Coupe avtomobili bilan  raqobatlasha olishi hamda  BMW 6-Series Coupe va Convertible rusumlari o‘rnini egallashi lozim.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra,  yangi avtomobil rusumiga allaqachon G14/G15 ichki tartib raqami berilgan. U, hozirgi BMW 7-Series (G11/G12) hamda ishlab chiqilishi kutilayotgan BMW 5-Series (G30/G31) va BMW 3-Series (G20) modellarining birmuncha takomillashgan CLAR platformasi negizida barpo etiladi.

                                                             “O‘zavtosanoat “AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga