logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: Eng xaridorgir avtomobilning yubileyi nishonlanmoqda.

19.09.2016

Kunchiqar davlatdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi “Toyota” kompaniyasi “Corolla” rusumi ishlab chiqarilganining 50 yilligini nishonlamoqda. 1966 yilda dunyo yuzini ko‘rgan Corolla avtomobili bugungi kunda barcha qit'alarda, jumladan, Avstraliyada ham ishlab chiqariladi. Hozirga qadar 44 mln nusxada sotilgan.

Mazkur tadbir yapon brendining barcha yig‘uv zavodlarida nishonlanmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, “Xalq avtomobili” deya nom qozongan  avtomobilni muhandislar  birmuncha sodda va qulay yasashgan. Avtomobil kuzovining ixchamligi, ichki bezak panellarining kamligi, salonining yetarlicha kengligi bilan muvaffaqiyat qozongan. 1966 yildan 1969 yilgacha “Toyota Corolla”  o‘z yurtida eng xaridorgir avtomobil hisoblanib, 1968 yildan boshlab  AQSHda ham ishlab chiqarila boshlangan.

                                                       “O‘zavtosanoat “AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga