logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: Honda karbonli NSX superavtomobili sotuvini boshladi

31.07.2017

Modelning poyga uchun mo‘ljallangan versiyasi kompaniyaning ko‘p yillik sherigi — Italiyaning JAS Motorsport jamoasi ishtirokida ishlab chiqildi. Hondaning AQShdagi bo‘linmasi — HPD mashinalarni sinovdan o‘tkazdi, ular 85 ming kilometr yo‘l bosdi.

Karbon kuzovli superavtomobil og‘irligi 1240 kilogrammga teng. U 3,5-litrli tvin-turbo motor, 6 bosqichli XTrac uzatmalar qutisi, Brembo 6 porshenli old va 4 porshenli orqa tomozlari, boshqariladigan Sachs amortizatorlari bilan jihozlangan.

Modelning poyga uchun mo‘ljallanmagan Acura NSX yo‘l versiyasi 573 ot kuchiga ega gibrid dvigatel bilan jihozlangan. AQShda ikki eshikli mazkur mashina narxi 156 ming dollardan boshlanadi.

«O`zavtosanoat» AJ matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga