logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: Hyundai va Mazda eng sifatli avtomobillar deb topildi

19.12.2016

Germaniyaning Auto Bild nashri yilning eng sifatli  avtomobillari reytingini e'lon qildi.  Mazkur reytingni tuzishda Auto Bild muharrirlari avtomobillarning texnik ko‘rik statistikasiga,  uzoq muddatli test natijalariga, mushtariylardan tushgan shikoyatlarga va avtomobilsozlarning kafolat majburiyatlariga tayanishgan.

Mazkur tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, “Hyundai” reytingning eng yuqori pog‘onasini zabt etdi.  Shuni alohida ta'kidlash kerakki u bu yil besh yil avvalgi yetakchiligini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni esa  Mazda ishlab chiqaruvchisi egalladi. 

Reytingning kuchli uchligidan Mini avtomobili ham joy  egallagan.  Shuni ham aytib o‘tish kerakki, nemis nashri Skoda va Volkswagen  avtomobillarining  sifati past bo‘lib chiqqanidan taassuf bildirdi. Bundan tashqari, yigirmatalikka yaponlarning Honda markasi ham kira olmadi.

Manba: auto.mail.ru

 

Boshqa yangiliklar

tepaga