logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: «Transformerlar» filmidagi «Chevrolet Camaro» avtomobili auksion savdoga qo‘yiladi

12.01.2016

«Barret-Jackson» auksion savdolarini o‘tkazish uyi 1967 yilda ishlab chiqarilib, fantastik jangari ruhdagi  «Transformerlar 4: Qirg‘in davri» filmida qatnashgan «Chevrolet Camaro» avtomobilini sotuvga chiqaradi. Filmning asosiy qahramonlaridan biri Bamblbi ismli transformerni tasvirlash uchun ushbu avtomobildan foydalanishgan.

Hozirgi vaqtda «Chevrolet Camaro» avtomobili «Transformerlar» filmining rejissyori Maykl Beyga tegishli. Avtomobil bug‘da ishlaydigan 6-bosqichli transmissiyaga ega «V8» dvigateli bilan jihozlangan. Dvigatel quvvati haqida ma'lumot berilmayapti, lekin ushbu nusxa Chevrolet Camaro SS bazasiga qurilgan bo‘lib, ikki versiyada: ya'ni 375 va 300 ot kuchi quvvatiga ega dvigatellar bilan taklif qilingan.

Bundan tashqari avtomobil standart versiyasiga qaraganda bir qator kuchaytirilgan detallarga ega. Misol uchun, diodchiroqli yoritkichlar, sariq rangli «Ridetech Tiger Cage» xavfsizlik karkaslari, ugleplastik old splitterlar, kengaytirilgan g‘ildirak arkalari, hamda pastprofilli «Nitto» g‘ildiraklari bilan jihozlangan.

Tashqi tomonidan Bamblbi odatdagi Camarodan kuzovning maxsus bo‘yalgan qora-sariq ranglari, avtobotlarning rul va kapotdagi shildiklari, hamda Maykl Beyning dastxati bilan farqlanadi.

Avtomobil sotiladigan auksion 2016 yil yanvar oyida Amerikaning Arizona shtatida bo‘lib o‘tadi. Avtomobilning boshlang‘ich bahosi to‘g‘risida ma'lumot berilmayapti.  Shuni aytish mumkinki, ushbu auksionda «Forsaj» kinofilmining birinchi qismida suratga tushgan «Volkswagen Jetta» avtomobili ham sotiladi.

Manba: www.automotonews.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga