logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: UAZ Pickup pikaplar bozorida ikki oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayapti

27.10.2016

«AVTOSTAT» tadqiqot agentligi  Rossiya bozorlarida yangi yengil avtomobillarning o‘z segmentlari bo‘yicha sotilishi yuzasidan izlanish olib bordi.

2016 yilning sentyabr oyi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,  o‘tgan oyda ham yetakchilikni qo‘ldan bermagan UAZ Pickup avtomobili bu oyda  294 dona sotilgani bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga qaraganda 2,3%  past hisoblanadi.  

Ikkinchi o‘rinni Toyota Hilux avtomobili band etdi.  Kuz faslining dastlabki oyida Rossiya bozorlarida  mazkur avtomobildan 232 donasi o‘z egalarini topgan bo‘lib, u  o‘tgan yilgiga qaraganda 44,1% kamdir.

Umuman olganda  Rossiya bozorlarida o‘tgan oyda 744 dona  pikap sotilgan bo‘lib, 2015 yilning sentyabr oyi bilan taqqoslaganda  bu ko‘rsatkich 36,4% foizga kamdir.  

«O’zavtosanoat» AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga