logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: Volkswagenning yangi rusumi 2017 yilda taqdim etiladi

01.12.2016

Fransiyalik talabalar Valentin Fuks va Pyerr Jovino yangi Volkswagen pikapi loyihasini ishlab chiqishdi. Yangi avtomobil g‘oyasi talabalarning «Folksvagen» dizayn-markazida amaliyotni o‘tashi davrida paydo bo‘lgan bo‘lib  pikap Varok nomini oldi.

Bunday mashinadagi pikap kuzovida uch yo‘lovchi joylashishi mumkin hamda yirik yuklarga joy qoldirilgan. Volkswagen Varok kuzovining orqa qismida maxsus tom o‘rnatilgandan so‘ng esa besh yo‘lovchi sig‘ishi mumkin. Bunday holatda yukni tomning o‘ziga joylashtirish imkoni bor.

«Folksvagen»da ayni damda bitta seriyali pikap - Amarok mavjud. Olti silindrli dizel hamda 224 ot kuchiga ega bo‘lgan modelning yangilangan nusxasi kelasi yili taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, «Amarok»da ikki litrli dizel “to‘rtliklari” ham qoldiriladi.

 

Manba: auto.mail.ru

 

Boshqa yangiliklar

tepaga