logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: Xitoyda yangi elektrli krossover yaratildi

22.09.2016

Xitoyda  tashkil etilganiga uncha ko‘p bo‘lmagan yosh kompaniya muhandislari tomonidan yangi elektrli krossover yaratildi.  Xiaopeng Motors (XPeng) kompaniyasiga tegishli XPeng Beta nomli elektrli krossoverni yaqin kelajakda  old ildamlovchi yoki to‘liq  tortuvchi ko‘rinishda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

 Unga o‘rnatilgan  Samsung batareyalari bloki to‘liq quvvat bilan  avtomobilning 300 km  masofagacha harakatlanishini ta'minlaydi. Loyiha mualliflari   bunday ekologik avtomobillardan yiliga 20 mingdan ortig‘ini ishlab chiqarish mumkinligini ta'kidlashmoqda.   Biroq ayni paytda  kompaniya jamoasining ushbu krossoverni mustaqil ishlab chiqarishga qurbi yetmayapti.  Shu bois. Ular loyihani  qo‘llaydigan  avtokompaniyani qidirmoqda.  Prototipning debyuti shu yilning noyabr oyida Chendu shahrida o‘tkaziladi.

        “O‘zavtosanoat “AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga