logo

G'aznachilik, moliyaviy tahlil va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi

Rahbar: Abzalilova Gavhar Abzaliddinovna

Telefon raqami: 140-76-50 3-2207#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13

 

Boshqarmaning maqsad va vazifalari

1. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagicha:

bozor munosabatlari sharoitida Kompaniya va uning korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda qatnashadi, izlanishlarni moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish asosida, korxonalar bilan hamkorlikda, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari, ishlab chiqarish va sotuvning rentabelligi, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, pul mablag‘laridan ratsional foydalanishga ko‘maklashish;

moliyalashtirish masalalarini yechish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan, ilg‘or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish, modernizatsiya, tarmoq korxonalarining texnik va texnologik qayta jixozlanish (qurollanish)ni rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirishda istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda ishtiroq etadi;

butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarilishini maxalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda, korxonalar uchun sotib olinayotgan jixozlarning, transport vositalarining, mahsulot va materiallarning importini qulaylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

potensial investorlarni jalb qilishda va korxonalarni privatizatsiya qilish jarayonida loyihalarni chuqur o‘rganish va ekspertiza qilish;

aksiyadorlik Kompaniyasi va tarmoq korxonalarining joriy va yanidan tuzilayotgan investitsion loyihalarining TIA-texnik iqtisodiy asos (TER-texnik iqtisodiy hisob-kitob), PTEO (PTER) larini tarmoqli ekspertizasini o‘tkazish, rentabellik darajasining ko‘tarilishini ta'minlash, jalb qilingan qarz va kreditlarning qaytarilishini va loyihalarning o‘zini-o‘zi qoplash muddatlarini qisqartirish uchun TIA-texnik iqtisodiy asos (TER-texnik iqtisodiy hisob-kitob), PTEO (PTER) iqtisodiy ko‘rsatkichlarini to‘g‘irlash bo‘yicha takliflar kiritish;

moliyalashtiruvchi bankda, Moliya vazirligida, Iqtisodiyot vazirligida ekspertizadan o‘tkazishda va zarur bo‘lgan holatda Hukumat kafilligini olishda yoki Kompaniyaga kafolat berishda investitsion loyihalarning manfaatlarini himoya qiladi;

tayyor mahsulotlarning bozordagi sotilishini va xom-ashyo manbalari bilan ta'minlanganligining marketing tadqiqotini hisobga olgan holda tarmoq korxonalarining biznes rejalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish;

moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini, tasdiqlangan biznes-rejalari va tarmoq korxonalarini rivojlantirish dasturining har oylik monitoringi va tahlilini amalga oshirish;

oldin jalb qilingan va yangidan jalb qilinadigan (zarur bo‘lgan holatlarda) kreditlar bo‘yicha korxonalar majburiyatlarini, har oyda bank bilan ishlab chiqish;

eksport-import kontraktlar bo‘yicha kelib chiqqan debitorlik qarzdorlikni tugatish va kechikishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bank va korxonalar bilanogohlantiruvchi ishlar olib borish;

statistik, soliq organlari, Vazirliklar, idoralar va banklar bilan ishlash;

xorijiy valyuta mablag‘larini hisobga olgan holda, pul mablag‘laridan haqiqatda samarali foydalanishining ratsional prognozlashtirilishini monitoring qilish;

byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini operativ monitoring qilish;

debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni tahlil qilish, tarmoq korxonalarining eksport va import shartnomalari bo‘yicha kechikkan debitorlik qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti aktlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq ravishda shaxsiy va kredit manbalaridan ratsional foydalanish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashni ta'minlash bo‘yicha Kompaniya korxonalarida iqtisodiy xizmatlar ishlarini koordinatsiya qilish;

Boshqarma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha Kompaniya korxonalariga amaliy va metodik ko‘maklashadi;

PTEO, TEO, uzoq muddatli rivojlantirish dasturi, Kompaniya korxonalari va tashkilotlarining biznes rejalarini tuzishda axborot xizmatlari, metodik tavsiyanomalar va amaliy ko‘mak berishni amalga oshirish;


2. O‘ziga yuklatilgan maqsadlarni bajarish uchun Boshqarma quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

boshqaruv sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha ma'lumotlarni yig‘ishva umulashtirishni amalga oshiradi;

tarmoq korxonalarida o‘z boshqaruviga tegishli masalalar bo‘yicha ishlarning holatini o‘rganib chiqadi va Kompaniya Boshqaruvi Raisi va Kompaniya Boshqaruvi Raisining o‘rinbosarlariga tegishli materiallar tayyorlaydi;

tarmoq korxonalari faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy monitoringini amalga oshiradi;

tayyor mahsulotlarning bozordagi sotilishini va xom-ashyo manbalari bilan ta'minlanganligining marketing tadqiqotini hisobga olgan holda tarmoq korxonalari tomonidan biznes rejalar, rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning koordinatsiyasini amalga oshiradi, ularning bajarilishiga ko‘maklashadi va monitoring o‘tkazadi;

korxonalar faoliyatining nazorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tizimlashtirilgan ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritishni ta'minlaydi va ularning doimiy yangilanib turishini amalga oshiradi;

Kompaniya va korxonalar faoliyatini to‘liq tarzda moliyaviy-iqtisodiy tahlil qiladi, ular ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

moliyaviy-iqtisodiy tahlil asosida yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazadi va tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini va rentabelliligini ko‘tarish bo‘yicha takliflarni taqdim etadi;

loyihalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir qiluvchi farqlar bo‘lsa agar (rentabellik darajasining pasayishiga, loyihalarning o‘zini-o‘zi qoplash muddatlarining uzayishi va kreditlar qaytarilishining ta'minlanmasligi), takliflar kiritish bilan, PTEO (PTER), TEO (TER), larning bajarilishini, Kompaniya va tarmoq korxonalarining yangidan tuzilayotgan va amaldagi loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy qismi bo‘yicha, monitoringini amalga oshiradi;

Boshqarma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha Kompaniya korxonalariga amaliy va metodik ko‘maklashadi, faoliyatini koordinatsiya qiladi;

Kompaniya rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish va materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Boshqarma vakolati sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Kompaniya rahbariyati topshiriqlariga muvofiq ravishda tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlaydi;

O‘ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni o‘natilgan tartibda amalga oshiradi.

 

G'aznachilik, moliyaviy tahlil va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi.pdf (487 KB)

tepaga