logo
Orqaga qaytish

G‘AROYIB TAJRIBA

22.11.2016

Toshkentdagi Turin politexnika universitetining seysmoplatformasida 2016 yilning 24 avgust kuni  Italiyaning Amatris shahrida ro‘y bergan zilzila sun'iy ravishda sodir etildi.  Ushbu tajribani o‘tkazish uchun  umumiy vazni 915 kg, kengligi 1 m., uzunligi 1m., balandligi, 1,5m., ni tashkil etuvchi bino qurildi. Mazkur bino ustida o‘tkazilgan tajriba u butunlay  buzilib ketguncha davom etdi. Texnika fanlari doktori Chakaxiro Minova va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti muhandisi Rustam Isoqjonov boshchilik qilgan tajriba natijalari bino Amatris shahridagi zilzilaga  o‘xshash  tezlashishi 42sm/sek2 bo‘lgan va 21 sm/s tezlikdagi 6,2 ballik zilzilaga chidamli bo‘lganini ko’rsatdi.  Takroriy sinov natijalariga ko’ra  yerning qo‘shilishi 4,62sm. va tezlashishi 1276sm/sek2 bo‘lgan zilzila tufayli bino  qulab tushgan.

Universitet o‘qituvchilari o‘tkazilayotgan bunday tajribalar natijasida qurilayotgan binolarning zilzilaga bardoshliligini oldindan hisobga olish mumkinligiga umid qilishmoqda.  Talabalar uchun esa  bunday amaliyotlar  ularning kelgusidagi ish va o‘qishlarida juda foydali hisoblanadi.

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga