logo
Orqaga qaytish

«GM UZBEKISTAN» TOSHKENTDA CHEVROLET COBALTNI TAQDIM ETDI

24.06.2014

O'zbekistonda Chevrolet Cobalt ishlab chiqarishni o'zlashtirish bizning "O'zavtosanoat" AK bilan qilayotgan samarali hamkorligimizning mantiqiy davomi bo'ldi, - deydi GM Korea prezidenti Serjio Rocha.  

Taqdimotda nozik dizayn, zamonaviy xavfsizlik tizimi va dinamik xarakterga ega bo'lgan Cobalt avtoixlosmandlar kutganidan ham yaxshiroq bo'lib, GM nafaqat O'zbekistonda, balki MDHning boshqa davlatlarida ham muvaffaqiyat qozonishi ta'kidlandi.

Cobalt modelining ishlab chiqarilish hajmlari yiliga 120 ming avtomobilni tashkil etadi. Ularning 50% idan ortig'i MDH davlatlarida sotuvga chiqariladi.

Avtomobil to'liq ravishda General Motors Powertrain Uzbekistan ishlab chiqargan ekonom tipidagi 1,5 litrlik hajmli, 105 ot  kuchiga ega va 100 km ga 6,2 litr yoqilg'i sarf etadigan DOHC dvigatellari bilan jihozlanadi.

Xaridorlarga Chevrolet Cobaltning 5 bosqichli mehanik uzatish transmissiyali va 6 bosqichli avtomatik uzatish transmissiyali turlari havola qilinadi. Avtomobilda qulaylik, yuqori dinamik sifat, shuningdek, an'anaviy klassik dizayn uyg'unlashgan.

Yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlash maqsadida sedan mustahkam po'latdan ishlab chiqarilgan bo'lib, u ABS (tormoz tizimini antibloklovchi) va haydochi va old o'rindiqadagi yo'lovchi uchun xavfsizlik yostiqlari bilan jihozlangan.

Ma'lumotnoma:

"O'zbeksanoat" AK 1994-yilning 17-martida tashkil topgan. Ayni paytda kompaniya 40 dan ortiq o'rta va yirik kompaniyalarni o'zida birlashtirgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi yengil avtomobillar, yuk avtomobillari va bulovchi qismlar ishlab chiqarishdan iborat. Soha korxonalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar soni 18 ming kishidan ortadi.

«General Motors» kompaniyasi dunyoning eng yirik avto ishlab chiqaruchi kompaniyasidir. 1908-yil asos solingan GM kompaniyasida bugungi kunda dunyo bo'ylab 250 mingga yaqin xodim faoliyat ko'rsatadi. Bosh ofisi Detroit shahrida bo'lgan GM dunyoning 38 mamlakatida avtomobil va yuk mashinalari ishlab chiqaradi. Bu haqida to'liq ma'lumot www.gm.com saytida.

O'zbekistonning Asaka shahrida joylashgan «GM Uzbekistan» YoAJ General Motors va "O'zavtosanoat" AK kompaniyalari tomonidan 2008-yil mart oyida tashkil qilingan. "O'zavtosanoat" AK zamonaviy sanoat korxonasining 75% aksiyasiga ega. Ularning qolgan 25% General Motorsga tegishli. GM O'zbekistonda 8 mingdan ortiq ishchi faoliyat yuritadi. u yerda yiliga 250 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi, ichki va tashqi bozor(Rossiya va MDHning boshqa davlatlari)da sotiladi.

2011-yilda GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobillar Chevrolet Spark modeli bilan birga avtomobil bozorining 94%ini egalladi.  Bu esa GM faoliyat yuritayotgan boshqa davlatlar orasida eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.

O'zbekistonning Asaka shahrida joylashgan «GM Uzbekistan» YoAJ General Motors va "O'zavtosanoat" AK kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan ikkinchi yirik QK.

Qo'shimcha ma'lumot: "O'zavtosanoat" AKning matbuot xizmati rahbari - J.J. Akramov. Tel: (+99871) 267-74-85, e-mail: avtoolam@mail.ru

"O'zavtosanoat" AK axborot xizmati

Boshqa Press Relizlar

tepaga